O‘zbekistonda oktyabr oyida ob-havo qanday bo‘ladi?

Bu qiziq

image

Gidrometeorologiya xizmati markazi kuzatuvlarga asosan O‘zbekistonda oktyabr oyida qanday ob-havo hukm surishi haqida ma’lumot berdi.

“O‘zgidromet” mutaxassislarining dunyoning yetakchi ob-havo markazlari ma’lumotlariga tayanib bergan baholariga ko‘ra bu yilgi oktyabr oyi harorati o‘rtacha ko‘p yillik ko‘rsatkichlar atrofida bo‘ladi, yoki undan 1-2 darajaga past bo‘lishi mumkin.

Hozir davom etayotgan birinchi o‘n kunlikda harorat kechasi +8...+13 daraja, kunduzi +20...+25 daraja. Oyning ikkinchi yarmi va oxirigacha harorat bir oz pasayib kechasi +7...+12 darajadan +2...+7 darajagacha, kunduzi esa +20...+25 darajadan +12...+17 darajagacha o‘zgaradi.

Yog‘inlar bo‘yicha ham okyabr oyi meyorlarga yaqin bo‘lishi, ayrim joylarda esa o‘rtacha ko‘rsatkichlardan yuqori bo‘lishi mumkin. Mamlakatning shimoliy hududlari — Qoraqalpog‘istonda Respublikasi, Xorazm, Buxoro, Navoiy viloyatlari hamda jaunibadig Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida 2-10 mm.gacha, qolgan joylarda 15-30 mm, respublikaning tog‘ va tog‘oldi tumanlarida 44-74 mm.gacha yog‘ingarchilik bo‘lishi mumkin.

Kuzatuvlar davri mobaynida bundan ham ko‘p yomg‘ir yoqqan oktyabr oylari bo‘lgan. Umuman olganda yomg‘irli kunlar soni o‘rtacha 5-7 kun, Buxoro va Navoiyda 2-4 kunni tashkil qilishi mumkin. Masalan, Toshkentda 1951 yilda oktyabr oyida 18 kun yomg‘irli bo‘lgan.


Maqola muallifi

Teglar

ob-havo oktyabr'

Baholaganlar

195

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing