O‘zbekistonda oilaviy ajrimlar kamayganmish! Bunga sabab karantinmi?
Jamiyat
−
26 Oktabr 2020
5601O‘zbekistonda 2020 yilning yanvar – sentyabr oylarida FHDYO organlarida jami 19 970 ta oilaviy ajrim qayd etilgan. Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 3 608 taga kam. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi xabar bermoqda.
Xabarda yillar kesimida 9 oylik oilaviy ajrimlar haqida ham ma’lumotlar berilgan. Unga ko‘ra, 2017 yilda 23,6 ming, 2018 yilda 23,8 ming, 2019 yilda 23,6 ming, 2020 yilda 20,0 ming ajrim kuzatilgan.
O‘tgan 9 oy mobaynida FHDYO organlarida qayd etilgan ajrimlar soni bo‘yicha Toshkent shahri – 2746 ta, Andijon – 2271 ta, Toshkent – 2074 ta, Samarqand – 2058 ta va 1988 ta bilan Farg‘ona viloyatlari yuqori o‘rinni egallagan.
Ma’lumot o‘rnida respublika bo‘yicha 9 oyda eng kam ajrim holatlari Navoiy (669 ta) viloyatida qayd etilgan.
O‘zbekistonda o‘tgan yillarga nisbatan ajrimlarning kam bo‘lishi bu bilan bog‘liq vaziyat o‘zgargani va oilalalar tinch-totuv yashay boshlagani bilan bog‘liq emas. Mamlakatda mart oyidan boshlab e’lon qilingan karantin va davlat idoralarining masofaviy ish rejimiga o‘tishi ajrimlarni kechiktirishga sabab bo‘lgan bo‘lishi mumkin.
LiveBarchasi