O‘zbekistonda og‘ir va o‘ta og‘ir ahvoldagi bemorlar 218 nafarga yetdi

Jamiyat

image

26 iyul kuni O‘zbekistonda 579 holatda koronavirus qayd etilgan bo‘lib, ularning barchasi koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

Shu bilan birga, Toshkent shahrida 2 nafar, Jizzax, Buxoro, Toshkent viloyatlarida 1 nafardan, jami 5 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etdi.

26 iyul kuni Toshkent shahri, Samarqand, Toshkent, Surxondaryo, Andijon, Farg‘ona, Sirdaryo viloyatlarida jami 274 nafar bemor sog‘aydi.

Hozirda kasallik qayd etilgan jami 20 531 nafar bemordan 11 105 nafari sog‘ayib, davolanish ko‘rsatkichi 54 foizni tashkil etmoqda.

Ayni paytda koronavirus infeksiyasidan davolanayotgan 9 310 nafar bemordan 152 nafari og‘ir, 66 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda.

Hozirda mamlakatda uy karantinida 67 729 nafar, statsionar karantinda esa 26 317 nafar fuqaro tibbiy kuzatuvda bo‘lib turibdi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

354

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing