O‘zbekistonda nimalar elektron dalil bo‘lishi belgilanmoqda

Jamiyat

image

Elektron ma’lumotlar (grafik tasvirlar, audio, videoyozuvlar), Internet tarmog‘i manbalari (ijtimoiy tarmoqlar, veb-sahifalar)da saqlanayotgan ma’lumotlar, media va ovozli xabarlar, metama’lumotlar, axborot bazalarini elektron dalillar jumlasiga kiritish rejalashtirilmoqda. Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Korrupsiyaga qarshi kurashish va sud-huquq masalalari qo‘mitasi tomonidan muhokama qilingan “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi qonun loyihasida shular nazarda tutilgan.

Mazkur qonun loyihasi joriy yilning 12 aprel kuni Qonunchilik palatasi deputatalari tomonidan birinchi o‘qishda qabul qilingan edi. Ayni vaqtda qonun loyihasini ikkinchi o‘qishga tayyorlash ishlari olib borilmoqda.

Qonun loyihasiga ko‘ra, elektron dalillardan foydalanish asoslari va tartibi belgilanmoqda. Shuningdek, elektron dalillarning ishonchliligini ekspertiza yo‘li bilan tekshirish va ekspertning huquqlari doirasini kengaytirish choralari belgilanmoqda.

Bundan tashqari, qonun loyihasida elektron dalillarni aniqlash, to‘plash, taqdim qilish, tekshirish, baho berish, qayd etish, saqlash tartiblari va bu jarayonda protsess ishtirokchilarining huquq va majburiyatlari nazarda tutilmoqda.

Ta’kidlanishicha, qonun loyihasi internet tarmog‘i manbalari, ijtimoiy tarmoqlar, messenjerlar, pochta, veb-sahifalari va boshqa tizimlardagi elektron ma’lumotlardan elektron dalil sifatida foydalanish imkoniyatini yaratadi. Shuningdek, mamlakatning huquq ustuvorligi indeksining fuqarolik odil sudlovi va jinoiy odil sudlov tarkibiy indikatorlaridagi mavqei yaxshilanishiga, shaxs huquq va erkinliklarining samarali himoya qilinishiga xizmat qiladi.


Maqola muallifi

Teglar

elektron dalil

Baholaganlar

132

Reyting

3.2

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

Mavzuga doir yangiliklar