O‘zbekistonda niqob taqish bo‘yicha talab bekor qilindi

Jamiyat

image

Joriy yilning 1 martidan boshlab fuqarolarning niqob taqishi majburiyligi istisno qilinadi va ixtiyoriylik tartibiga o‘tkaziladi. Bu haqda QALAMPIR.UZ muxbiri xabar bermoqda. 

Ayni vaqtda Vazirlar Mahkamasida O‘zbekiston Respublikasiga koronavirusning kirib kelishi va tarqalishini oldini olish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturini tayyorlash bo‘yicha Respublika maxsus komissiyasining yig‘ilishi bo‘lib o‘tmoqda. Unda mamlakat Bosh vaziri Abdulla Aripov ishtirok etib, koronavirus bilan bog‘liq karantin cheklovlari qayta ko‘rib chiqilayotganini aytgan.

Yig‘ilishda Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati boshlig‘i Bahodir Yusupaliyev fuqarolarning niqob taqishi majburiyligini istisno qilishni taklif etgan. 

Epidemik vaziyatdan kelib chiqib, fuqarolarning ijtimoiy masofani saqlash qiyin bo‘lgan joylari (jamoat transporti, metro, avtobus, tramvay, yirik savdo do‘konlari, bozorlar, ta’lim muassasalari, davlat va nodavlat idoralarda, masjid, sport majmualarida, teatr, kinoteatr, muzey, san’at saroyi va maishiy xizmat ko‘rsatish muassasalari)da niqob taqish majburiyligini istisno qilinadi. Niqob taqish haqidagi talab faqat tavsiyaviy xarakterga ega bo‘ladi.

Tibbiyot muassalarida tibbiyot xodimlari uchun niqob taqish majburiyligicha qoladi. 
 


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

618

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing