O‘zbekistonda nechta xususiy shifoxona borligi ma’lum bo‘ldi 

Jamiyat

image

O‘zbekistonda so‘nggi yillarda xususiy shifoxonalar soni 2 barobarga ko‘payib, 6527 taga oshdi. Bu raqam bundan to‘rt yil avval 3 810 ta edi. 

Sog‘liqni saqlash vazirligining qayd etishicha, Prezidentning 2017 yil 1 apreldagi “Sog‘liqni saqlash sohasida xususiy sektorni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori bilan xususiy tibbiyot tashkilotlari 129 ta tibbiy ixtisoslik bo‘yicha litsenziya olishlariga imkon yaratilgan. Bundan avval ular atigi 50 turdagi xizmatni ko‘rsatish huquqiga ega bo‘lgan.

Shuningdek, avval nodavlat tibbiyot muassasasiga ishga kirish uchun shifokorda malaka toifasi bo‘lishi talab etilar, buning uchun kamida 5 yil tibbiy faoliyat bilan shug‘ullanishi lozim edi. Prezidentning 2021 yil may oyidagi “Sog‘liqni saqlash sohasini kompleks rivojlantirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori bilan bu murakkablikka chek qo‘yilgan. 1 iyuldan nodavlat tibbiyot muassasasi biror yosh mutaxassisni ish bilan ta’minlamoqchi bo‘lsa, ulardan malaka toifasi talab qilinmaydigan bo‘ldi.

Xabarga ko‘ra, so‘nggi yillarda 101,6 milliard so‘m (9,4 million dollar) bo‘lgan 17 ta davlat-xususiy sheriklik loyihalari amalga oshirilgan va ayni paytda 8 ta loyiha bo‘yicha ishlar olib borilmoqda. Bundan tashqari, mamlakatda xususiy shifoxonalar soni 2 barobarga ko‘payib, 6 527 taga oshgan. Bu raqam bundan to‘rt yil avval 3 810 ta edi.

Shu bilan birga, 1 568 ta xususiy klinika yangi tibbiy ixtisosliklar hisobiga faoliyatini kengaytirgan. Natijada 1 205 ta statsionar xususiy shifoxonalarda 31 mingdan ortiq o‘rin-joylar tashkil etilgan. Ayni paytda xususiy tibbiyotda 15 ming nafardan ortiq shifokor va 23 ming nafardan ortiq hamshira faoliyat yuritmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

107

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing