O‘zbekistonda necha kishi yong‘in qurboni bo‘lgani aytildi

Jamiyat

image

O‘zbekistonda joriy yilning o‘tgan sakkiz oyida davomida 7439 ta yong‘inlar qayd etilib, ularda 76 kishi qurbon bo‘lgan. 208 nafar kishi tan jarohati olgan. Bu haqda Davlat yong‘in xavfsizligi xizmati xabar bermoqda. 

Qayd etilishicha, jami sodir bo‘lgan yong‘inlarning 68,7 foizi aholi yashash joylarida, 12,6 foizi tadbirkorlik sub’ektlari ob’ektlarida, 5,7 foizi transport vositalarida va 1,6 foizi davlat tasarrufidagi ob’ektlarida yuzaga kelgan. 

Yong‘inlarning 37,9 foizi ochiq olovdan ehtiyotsizlik bilan foydalanish, 30,4 foizi elektr uskunalaridan foydalanish qoidalarini buzilishi, 12,2 foizi isitish pechlarining nosozligi yoki ulardan noto‘g‘ri foydalanish, 9,4 foizi bolalarning sho‘xligi va 4,1 foizi transport vositalaridan foydalanish va tuzilishi qoidalarining buzilishidan kelib chiqqan.

Yong‘in xavfsizligi xizmati xodimlari tomonidan 2019 yilning o‘tgan 8 oyi davomida o‘tkazilgan profilaktik ishlari natijasida 14684 ta bino va inshootlarda yong‘in kelib chiqish xavfi oldi olingan. Sodir bo‘lgan yong‘inlarni o‘chirish vaqtida ko‘rilgan tezkor harakatlar natijasida 27 nafar insonlar qutqarilgan, 462 bosh uy xayvonlari, 99 xil texnikalar, 182 mlrd. so‘mdan ziyod bino va inshootlar qurilmalari va 78 mlrd so‘mdan ortiq moddiy boyliklar saqlanib qolingan. 

Fuqarolarning yong‘in xavfsizligini ta’minlashga oid bilim ko‘niklamalariga ega bo‘lib borishi natijasida 2019 yilning o‘tgan 8 oyi davomida sodir bo‘lgan yong‘inlar, 2018 yilning mos davriga nisbatan 309 taga, yong‘inlarda insonlarning halok bo‘lishi 14 taga va tan jarohati olishi 45 taga kamaygan.


Maqola muallifi

Teglar

Davlat yong'ini xavfsizligi xizmati

Baholaganlar

14

Reyting

3.3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

Mavzuga doir yangiliklar