O‘zbekistonda narkologik kasalliklarga chalingan shaxslar ishlashi cheklangan kasblar ro‘yxati tasdiqlanadi
Jamiyat
−
31 yanvar 2020
5875O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Surunkali alkogolizm, giyohvandlik va toksikomaniya bilan kasallangan shaxslarning shug‘ullanishi uchun cheklovlar belgilangan kasbiy faoliyat turlarining ro‘yxatini tasdiqlash to‘g‘risida”gi qarori loyihasi e’lon qilindi.
Unga ko‘ra, surunkali alkogolizm, giyohvandlik va toksikomaniya bilan kasallangan shaxslarning shug‘ullanishi uchun cheklovlar belgilangan kasbiy faoliyat turlarining ro‘yxati tasdiqlanadi.
Mazkur ro‘yxatdan joy olgan kasbiy faoliyat turi va lavozimlar toifalari quyidagilardan iborat:
Balandlikdagi ishlar, balandlikka ko‘tarilish va u bilan bog‘liq ishlar, shuningdek, ko‘tarish inshootlariga xizmat ko‘rsatish ishlari.
127 V va undan yuqori kuchlanishli elektr inshootlariga xizmat ko‘rsatadigan va ularga ulanishni amalga oshiradigan, ushbu elektr qurilmalarda sozlash, o‘rnatish ishlarini va yuqori voltli sinovlarni bajaradigan xodimlar.
Neft va gaz sanoatida, shu jumladan vaxta usulda, cho‘l va boshqa olis va yetarlicha o‘zlashtirilmagan joylarda yer osti ishlari;
yer osti ishlarining barcha turlari;
gidrometeorologik stansiyalarda, cho‘lda va boshqa chekka va yetarlicha o‘zlashtirilmagan joylarda, og‘ir iqlim sharoitida joylashgan aloqa vositalarida ishlash;
mamlakatning alohida, kam aholi yashaydigan, borish qiyin bo‘lgan va tog‘li hududlarida geologiya-qidiruv, topografik, qurilish va boshqa ishlarni bajarish (shu jumladan, smenali-ekspeditsion usulda).
Bosim ostidagi idishlarga xizmat qiladigan apparatchilar.
Gidroelektrstansiyalar, gidrotexnika inshootlari va sun’iy suv havzalarida suv to‘plash, sozlash va suvni tashlash bog‘liq ishlar.
Mashinistlar (kochegarlar), qozonxona operatorlari, gaz nazorati xizmati xodimlari.
Portlovchi materiallardan foydalanish bilan bog‘liq ishlar, portlash va yong‘inga xavfli sanoat korxonalarida ishlash.
Harbiylashgan qo‘riqlash xizmatchilari, maxsus aloqa xizmati, inkassatsiya apparati xodimlari, O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki va xizmatchilari o‘qotar qurollarni olib yurishlari va ishlatishlari mumkin bo‘lgan boshqa idora va xizmatlar xodimlari.
Avariyaviy gaz xizmati, ochiq gaz va neft favvoralarning paydo bo‘lishini oldini olish va yo‘q qilish bo‘yicha harbiylashtirilgan bo‘linmalar va otryadlar, harbiylashtirilgan tog‘, tog‘-qutqaruv guruhlar, o‘t o‘chirish xizmati, shoshilinch tibbiy xizmatlar, doimiy tayyorgarlikdagi ixtisoslashgan tibbiy brigadalar.
Tokarlik, frezalash va boshqa dastgohlar, shtamplash presslarida ishlash.
Transportning harakatlanishi, shu jumladan zavod ichida harakatlanishi bilan bog‘liq bo‘lgan ishlar.
Avtomobil, mototsikl va shahar elektr transport vositalari haydovchilari, shu jumladan:
mototsikl, motoroller, skuterlar, barcha tur va markadagi mopedlar (A toifasi), mini-traktorlar va motobloklar;
barcha toifadagi nogironlar uchun qo‘lda boshqariladigan avtomobillar va nogironlar uchun motoaravachalari;
Umumiy massasi 3500 kg dan oshmaydigan va haydovchi o‘rindig‘idan tashqari, o‘rindiqlar soni 8 ta (B toifasi) avtoulovlar, yollanib ishlash huquqi bilan, traktorlar va boshqa o‘ziyurar transport vositalari;
umumiy og‘irligi 3500 kg dan oshmaydigan va haydovchi o‘rindig‘idan tashqari o‘rindiqlar soni 8 ta (V toifasi), yollanib ishlash huquqisiz;
yuklarni tashishga mo‘ljallangan, umumiy og‘irligi 3500 kg dan oshadigan avtomobillar (C toifasi);
yo‘lovchilarni tashish uchun mo‘ljallangan va haydovchilar o‘rindig‘idan tashqari 8 dan ortiq o‘rindiqqa ega bo‘lgan (D toifasi), V, C yoki D (Ye toifali) transport vositalariga tegishli shatakli poyezdlar;
tramvay, trolleybus.
Havo transportida xavfsizlikni ta’minlash bilan bog‘liq ishlar.
Poyezdlar, shu jumladan metropoliten harakati bilan bevosita bog‘liq bo‘lgan ishlar:
poyezdlar harakatini ta’minlaydigan ishchilarning kasblari va lavozimlari ro‘yxatiga muvofiq, ishga qabul qilishdan oldin va davriy tibbiy ko‘rikdan o‘tishi kerak bo‘lgan kasblar va lavozimlar ishchilari, mashinistlar, haydovchilar va ularning yordamchilari guruhi bundan mustasno;
amaldagi temir yo‘llarga chiqish bilan bog‘liq bo‘lgan xodimlar, transport vositalarining haydovchilari bundan mustasno;
Qayd etilgan ro‘yxatda nazarda tutilgan mashinistlar, haydovchilar va ularning yordamchilari guruhining xodimlari, amaldagi temir yo‘llariga chiqish bilan bog‘liq bo‘lgan boshqa transport vositalarining haydovchilari;
farmatsevtika va oziq-ovqat sanoati xodimlari, umumiy ovqatlanish va savdo, sut fermalari, sut oshxonalari, tarqatish punktlari, oziq-ovqat mahsulotlari bazalari va omborlari, ishlab chiqarish, saqlash va sotish jarayonida farmatsevtika va oziq-ovqat mahsulotlari bilan ishlaydigan xodimlar, shu jumladan, asbob-uskunalarni sanitariya tozalash va ta’mirlash xodimlari, shuningdek, oziq-ovqat mahsulotlarini barcha turdagi transport vositalarida tashishda oziq-ovqat mahsulotlari bilan bevosita aloqada bo‘lgan shaxslar;
mineral suv ishlab chiqarish, saqlash va sotish bilan bog‘liq ishchilar;
suvni tayyorlash, zararsizlantirish va aholini ichimlik suv bilan ta’minlash tizimiga uzatish bilan bog‘liq ishchilar;
xodimlari tibbiy guvohlantirishdan o‘tishi kerak bo‘lgan korxonalar, muassasalar va tashkilotlarda amaliy mashg‘ulotlarni o‘taydigan akademik litsey va kasb-hunar kollejlari o‘quvchilari va oliy ta’lim muassasalari talabalari amaliy mashg‘ulotlardan oldin va ularning davomida;
jarrohlik shifoxonalari, tug‘ruqxonalar (bo‘limlar), bolalar shifoxonalari (bo‘limlari), yangi tug‘ilgan chaqaloqlar patologiyasi, chala tug‘ilgan chaqaloqlar bo‘limlari tibbiyot xodimlari;
giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalarning aylanishi bilan bevosita bog‘liq bo‘lgan ishlar;
Yuqori xavf manbasi bilan bog‘liq va aniqlik va tezkorlikni talab qiladigan ishlar:
qurol-yarog‘ olib yurish va undan foydalanish ruxsat etilgan xizmat;
maxsus aloqa xizmati;
naqd pul operatsiyalari bilan shug‘ullanadigan barcha muassasalar va banklarda xizmat;
soliq va bojxona xizmatlari;
Favqulodda vaziyatlar vazirligidagi xizmat;
Qurolli Kuchlardagi xizmat;
huquqni muhofaza qilish organlarida xizmat;
yong‘in xizmati;
gaz-qutqaruv xizmati;
alohida muhim qo‘riqlanadigan ob’ektlarda ishlash;
atom energetika ob’ektlarda va yadroviy reaktorlarda ishlash.
Ta’lim-tarbiya faoliyati bilan bog‘liq ishlar:
Ta’lim-tarbiya muassasalari xodimlari;
bolalar va o‘smirlar sog‘lomlashtirish muassasalari, shu jumladan mavsumiy muassasalar xodimlari;
maktabgacha tarbiya muassasalari, chaqaloqlar uylari, bolalar uylari, maktab-internatlar ishchilari.
Suzish bo‘yicha murabbiy va instruktorlar, basseyn, davolanish vannalari muolajalarini bajaruvchi ishchilar;
mehmonxonalar yotoqxonalarda yordamchi xizmatchilar, uzoq yo‘nalishli poyezdlarning yo‘lovchi vagonlari provodniklari.
LiveBarchasi