O‘zbekistonda naqd pulni inkassatsiya qilish tartibi yengillashtirildi

Jamiyat

image

Bozorlar, savdo komplekslari va ularning filiallarida bir martalik yig‘imlar, ijara to‘lovlari hamda ko‘rsatilgan xizmatlar uchun to‘lovlarni o‘z vaqtida va to‘liq undirilishini tashkil etish va nazorat qilish tartibi to‘g‘risidagi nizomga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish haqidagi qaror Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi. Bu haqda vazirlikning "Huquqiy axborot" kanalida xabar berildi.

Kiritilgan qo‘shimchalar quyidagilarni nazarda tutadi:

•    savdo sub’ektlarining kunlik o‘rtacha naqd pul tushumi eng kam oylik ish haqining 20 baravaridan ortiq bo‘lganda bank kassalariga inkassatsiya xizmatlari orqali yoki mustaqil ravishda topshirishni;
•    kunlik tushum eng kam oylik ish haqining 20 baravaridan kam bo‘lganida bank kassalariga inkassatsiya xizmatlari orqali o‘zlari belgilagan davrlarda yoki mustaqil topshirishni.

Ilgari kunlik tushum miqdoridan qat’i nazar savdo sub’ektlari naqd pulni inkassatsiya punktlariga (banklar kassalariga) har kuni inkassatsiya qilishi kerak edi.


Maqola muallifi

Teglar

inkassatsiya

Baholaganlar

86

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

Mavzuga doir yangiliklar