O‘zbekistonda nafaqat benzin narxi, uni ishlab chiqarish ham oshgan
Jamiyat
−
21 yanvar 2022
6480O‘zbekistonda 2021 yil benzin ishlab chiqarish hajmi qariyb 9 foizga oshdi. Bu haqda Davlat statistika qo‘mitasi Matbuot xizmati ma’lum qildi.
Statqo‘mga ko‘ra, 2021 yilda respublikada jami 1,1 million tonna avtomobil benzini ishlab chiqarilgan. Bu 2020 yilga nisbatan 8,8 foizga ko‘p.
Oylar kesimida avtomobil benzini ishlab chiqarish hajmi:
• yanvar oyida – 93,9 ming tonna;
• fevral oyida – 91,4 ming tonna;
• mart oyida – 106 ming tonna;
• aprel oyida – 77,3 ming tonna;
• may oyida – 87,6 ming tonna;
• iyun oyida – 90,3 ming tonna;
• iyul oyida – 85,7 ming tonna;
• avgust oyida – 97,2 ming tonna;
• sentyabr oyida – 85,9 ming tonna;
• oktyabr oyida – 87,5 ming tonna;
• noyabr oyida – 100,7 ming tonna;
• dekabr oyida – 102,4 ming tonna.
LiveBarchasi