O‘zbekistonda mobil elektr stansiyasi ishlab chiqildi
Texnologiya
−
11 dekabr 2020
6293O‘zbekiston Fanlar Akademiyasi xalqaro quyosh energiyasi instituti olimlari mobil gibrid quyosh-yoqilg‘i elektr stansiyasi ishlab chiqildi. Bu haqda FA Matbuot xizmati xabar bermoqda.
Ma’lumotlarga ko‘ra, mazkur qurilmadan avtonom elektr ta’minoti va suv ta’minoti tizimlarida foydalanish mumkin. Shuningdek, qurilmani chekka aholi yashash punktlarida va mamlakat xo‘jaliklarida tomchilatib sug‘orish tizimlarida ishlatsa bo‘ladi. Elektr stansiyasidan avtomobilga tirkama sifatida foydalanib, uni joyini o‘zgartirish mumkin. Stansiya quyosh energiyasida ham, benzinda ham ishlaydi.
Aytilishicha, mobil elektr stansiyasining afzalligi shundaki, u smartfon ilovasi yordamida masofadan turib boshqarilishi mumkin.
LiveBarchasi