O‘zbekistonda ming dollarni qalbakilashtirgan fuqarolar ushlandi
3-sahifa
−
15 Sentabr 2023
4503Namangan va Jizzax viloyatlarida ming AQSH dollarini qalbakilashtirib, unga kiyim-kechak hamda smartfon xarid qilgan shaxslar qo‘lga olindi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti axborot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, dastlab Namangan viloyatida fuqaro A.A. Namangan shahridagi “Chorsu” bozorida faoliyat yurituvchi tadbirkorlar I.G‘. va M.I.dan xarid qilgan liboslari uchun 2 dona qalbaki 100 AQSH dollari berganligi aniqlangan. Tekshirilganda fuqaro A.A.ning yonidan yana 10 dona qalbaki 100 AQSH dollarlik kupyuralar chiqqan va bu pullar ashyoviy dalil sifatida olingan.
Shuningdek, yana bir holatda Jizzax viloyatida fuqaro J.A. onlayn sotuvga qo‘ygan uyali aloqa vositasini xaridor O‘.J.ga 1 000 AQSH dollariga sotishga kelishgan. Uchrashuv paytida xaridor O‘.J. unga 100 AQSH dollarlik 10 dona qalbaki kupyuralarni berayotgan paytida qo‘lga tushgan.
Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksning 176-moddasi (Qalbaki pul, aksiz markasi yoki qimmatli qog‘ozlar yasash, ularni o‘tkazish) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, bundan oldin Andijonda qalbaki pul tayyorlash bilan shug‘ullangan jinoiy guruh qo‘lga olingani, avvalroq esa Toshkentda qalbaki 100 ming so‘mlik pul ishlab chiqarayotganlar ushlangani haqida xabar bergan edik.
LiveBarchasi