O‘zbekistonda may oyida qaysi avtomobil eng ko‘p ishlab chiqarilgani ochiqlandi

Jamiyat

image

Joriy yilning may oyida O‘zbekistonda eng ko‘p Cobalt avtomobili ishlab chiqarilgan. Bu haqda Davlat statistika qo‘mitasi ma’lum qildi.

2021-yilning may oyida ishlab chiqarilgan avtomobillar soni quyidagicha:

 Cobalt — 6 836 dona;
 Damas — 5 133 dona;
 Lacetti-Gentra — 4 801 dona;
 Nexia T-250 — 1 851 dona;
 Spark — 1 119 dona;
 Labo — 1 067 dona.

Ma’lum qilinishicha, joriy yilning may oyida  Cobalt avtomobili aprel oyiga qaraganda 1295 dona , Lacetti-Gentra esa 1153 dona ko‘p ishlab chiqarilgan. Qolgan rusumdagi avtomobillar ishlab chiqarish hajmi kamaygan.

Joriy yilning may oyida ishlab chiqarilgan jami yengil avtomobillar soni 20 807 tani tashkil qilgan.

Qayd etilishicha, yil boshidan buyon ishlab chiqarilgan  Cobalt avtomobili soni ham qolgan rusumdagi avtomobillar sonidan ko‘p bo‘lgan (25 059 dona).

Eslatib o‘tamiz, avvalroq, yanvar-may oylarida O‘zbekistonda 85 mingdan ortiq yengil avtomobil ishlab chiqarilgani haqida ma’lumot bergan edik.

Yulduz Abdurashidova


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

93

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing