O‘zbekiston mineral yung ishlab chiqarish va eksporti bo‘yicha mintaqada yetakchiga aylanadi

Jamiyat

image

O‘zbekiston Hukumati tomonidan investorlar uchun faol ravishda olib borilayotgan “ochiq eshiklar” siyosati tufayli mamlakatimizda ishlab chiqarish imkoniyatlarining sezilarli darajada kengayishi va umuman ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishiga hissa qo‘shadigan yirik loyihalar amalga oshirilmoqda.

“Angren” ‘erkin iqtisodiy zonasida qurilayotgan mineral yung ishlab chiqaruvchi yangi “ANGREN INSULATION” zavodini yirik loyihalardan biri sifatida baholash mumkin.
Bir guruh mahalliy sarmoyadorlar tomonidan xorijiy hamkorlar bilan birgalikda zamonaviy ishlab chiqarish korxonalarini barpo etish uchun bosqichma-bosqich 42 million AQSH dollarigacha investitsiya kiritilyapti. 

2019-2020 yillarda foydalanishga topshirilishi rejalashtirilgan korxona etakchi ishlab chiqaruvchilarning 50 ming tonnadan ortiq tayyor mahsulot ishlab chiqarish quvvatiga ega avtomatlashtirilgan liniyalari bilan jihozlanadi.

Ushbu zavodda ichki va tashqi bozorda iste’molchilarning ehtiyojlarini qondiradigan qurilish, avtomobil va yengil sanoat, elektrotexnika, kompozit materiallar ishlab chiqarish va shu kabi jadal rivojlanayotgan sohalarda talabgir mahsulot ishlab chiqaruvchi eng yangi texnologiyalar mujassam bo‘ladi.
“ANGREN INSULATION” qo‘shma korxonasining ishga tushirilishi O‘zbekistonni Markaziy Osiyoda mineral yung kabi muhim va muqobili yo‘q energiya tejaydigan mahsulot ishlab chiqaradigan yetakchi mamlakatga aylantiradi.

Qurilish jarayonida mineral yung izolyatsiyasidan foydalanish energiya tejash ko‘rsatkichlarini sezilarli darajada oshiradi va har qanday binolarning energiya samaradorligini kafolatlaydi.  Misol uchun, qurilish kompaniyalari va aholi tomonidan mineral yungdan foydalanish yiliga kamida 10 milliard kubometr tabiiy gazni tejashga olib keladi, bu esa 1 milliard AQSH dollaridan ko‘proq pulni tashkil etadi.

Hech shubha yo‘qki, yaqin kelajakda MDH mamlakatlarida tanilgan O‘zbekiston isitgich brendlari tashqi bozorlarda mustahkam o‘rin egallaydigan yangi, yanada yuqori sifatli mahsulotni ishlab chiqara boshlaydi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

21

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing