O‘zbekistonda madaniyat va san’at xodimlari kuni belgilanadi
Madaniyat-san’at
−
26 may 2020
11587O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev “O‘zbekiston Respublikasida madaniyat va san’at sohasini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmonni imzoladi.
Farmon bilan 15 aprel sanasini “O‘zbekiston Respublikasi madaniyat va san’at xodimlari kuni” deb e’lon qilishga rozilik berildi.
Madaniyat vazirligi o‘n kun muddatda “O‘zbekiston Respublikasi madaniyat va san’at xodimlari kuni”ni belgilash bo‘yicha qonun loyihasini belgilangan tartibda Vazirlar Mahkamasiga kiritishi belgilandi.
Shuningdek, 2020 yil sentyabr oyidan boshlab davlat muzeylarida har oyning birinchi yakshanbasi “ochiq eshiklar kuni” deb e’lon qilinadi. “Ochiq eshiklar kuni”da fuqarolar muzey ashyolari va muzey kolleksiyalarini kirib ko‘rish uchun davlat muzeylariga bepul kiritiladi.
Bundan tashqari, Prezident “O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorni imzoladi.
LiveBarchasi