O‘zbekistonda mahsulotlarni “Halol” belgisi bilan tamg‘alashga ruxsat etiladi

Jamiyat

image

O‘zbekistonda joriy yil 1 maydan Islom mamlakatlari standartlari va metrologiya instituti standartlari talablari asosida sertifikatlashtirilgan mahsulot va xizmatlarni “Halol” belgisi bilan tamg‘alashga ruxsat etiladi. Bu haqda joriy yil 1 fevral kuni Vazirlar Mahkamasi tomonidan qabul qilingan “Mahsulot va xizmatlarni “Halol” talablariga muvofiq sertifikatlashtirish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarorda so‘z boradi.

Qarorga muvofiq quyidagilar tasdiqlandi:

  • mahsulot va xizmatlarni “Halol” talablariga muvofiq sertifikatlashtirish tartibi;
  • “Halol” talablariga muvofiq sertifikatlashtirilgan mahsulot va xizmatlarni davriy baholash.

Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi va Din ishlari bo‘yicha qo‘mitaning mahsulot va xizmatlarni “Halol” talablariga muvofiq sertifikatlashtirish sohasini tartibga solish to‘g‘risidagi quyidagi takliflariga rozilik berildi:

  • Mahsulot va xizmatlarni “Halol” talablariga muvofiq sertifikatlashtirish organlarini tashkil etish;
  • Mahsulot va xizmatlarni “Halol” talablariga muvofiq sertifikatlashtirishda hamda ularga nisbatan talablarni belgilashda Islom mamlakatlari standartlari va metrologiya instituti (SMIIC) tomonidan qabul qilingan va rasmiy xalqaro miqyosda e’tirof etilgan standartlarga ustuvorlik huquqini berish;
  • 2025 yil 1 maydan mazkur qaror hamda Islom mamlakatlari standartlari va metrologiya instituti standartlari talablari asosida sertifikatlashtirilgan mahsulot va xizmatlarni “Halol” belgisi bilan tamg‘alashga ruxsat etish.

Texnik jihatdan tartibga solish agentligi Din ishlari bo‘yicha qo‘mita bilan birgalikda olti oy muddatda agentlik tizimidagi davlat muassasasida tashkil qilinadigan mahsulot va xizmatlarni “Halol” talablariga muvofiq sertifikatlashtirish organini xalqaro tan olingan tashkilotlarni jalb qilgan holda akkreditatsiyadan o‘tkazadi.

Bundan tashqari, “Halol” belgisi shakli hamda o‘lchamini belgilaydigan standart loyiha ishlab chiqilib, tasdiqlanadi.

Qaror rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran 3 oy o‘tgach kuchga kiradi.


Maqola muallifi

Teglar

“Halol” belgisi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

Mavzuga doir yangiliklar