O‘zbekistonda “Ko‘chma kinoteatr”li avtomobillar ishlab chiqariladi
Jamiyat
−
09 aprel 2019 3707 1 daqiqa
Ilk bor O‘zbekistonda "Ko‘chma kinoteatr”li avtomobillar ishlab chiqarilishi yo‘lga qo‘yiladi. Bunday ixtisoslashtirilgan avtomobillar “Turin Invest Engineering” tomonidan ishlab chiqariladi. Unda mamlakatning kinoteatrlar mavjud bo‘lmagan olis tumanlarida kino ko‘rsatish mumkin bo‘ladi.
Ko‘chma kinoteatr kinoproyektor, kolonkalar, akkumulyator batareyalari, noutbuk/DVD-proigrivatel va videomateriallarni avtonom ravishda translyatsiya qilish uchun zarur jihozlar bilan ta’minlangan.
“Turin Invest Engineering” kompaniyasi Toshkent shahridagi Turin Politexnika Universiteti qoshida tashkil etilgan va loyihalashdan tortib foydalanishga topshirishgacha muhandislik g‘oyalarini amalga oshirish bilan shug‘ullanadi. Uning tasarrufida universitetga tegishli Mexatronika, Metrologiya laboratoriyalari va Texnopark bor. Shuningdek, yuqori texnologik jihoz va stanoklari ham bor. Ularning ko‘pchiligi mamlakatda yagona sanaladi.
Live
Barchasi31 dekabr 2025
Farg‘ona davlat texnika universiteti rektori Qo‘ng‘irotboy Sharipovga yangi o‘rinbosar bo‘ldi.
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025