O‘zbekistonda kuchli yog‘ingarchilik kutilayotgani ma’lum qilindi

Bu qiziq

image
0:00
0:00
download

Bugun, 4 noyabrdan 6 noyabrgacha O‘zbekisiton hududiga nisbatan yuqori harorat fonida Kaspiy dengizi, Turkmaniston va Eron hududlaridan nam bulutli massivlar kirib kelishi davom etadi. Bu haqda Gidrometeorologiya xizmati markazi xabar berdi. 

Bugun O‘zbekistonning janubiy viloyatlari va Farg‘ona vodiysida eng jadal yomg‘irlar yog‘adi. Qolgan hududlarda esa faqat ba’zi joylarda tanaffus bilan yomg‘ir yog‘adi. 

Ertaga, 5 noyabr kuni hududning katta qismida kechasi va ertalab yomg‘ir yog‘ishi saqlanib turadi. Faqat Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida kunning ikkinchi yarmida yomg‘ir yog‘adi. 

6 noyabr, yakshanba kuni respublika hududining katta qismida yana yomg‘ir yog‘adi, tog‘ oldi va tog‘li hududlarda yomg‘ir jadal yog‘adi. Baland tog‘larda yomg‘ir va qor ko‘rinishidagi yog‘ingarchilik bo‘ladi. Respublika shimolida va Farg‘ona vodiysi viloyatlarida yog‘ingarchilik kutilmaydi. 

Ushbu kunlarda harorat foni deyarli o‘zgarmaydi. Havo harorati kechalari 5-10 daraja iliq, kunduz kunlari 12-17 daraja iliq atrofida bo‘ladi. 

Kechasi va ertalab ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

2118

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing