O‘zbekiston kuch tuzilmalarining qancha xodimi jinoyatchiga aylandi?

Jamiyat

image
0:00
0:00
download

2017-2020 yillar oralig‘ida O‘zbekistonda inson huquqlarini buzgan 60 nafar huquq-tartibot organi xodimlari jinoiy javobgarlikka tortilgan. Bu haqda “Yuksalish” umummilliy harakatining “Factbook” qo‘llanmasida keltirilgan.

Shuningdek, qo‘llanmada mavzu doirasida boshqa ma’lumotlar ham berib o‘tilgan. Xususan, 2017-2020 yillar oralig‘ida 14 191 nafar shaxs sud zalidan ozod qilingan. Bundan tashqari, ushbu davr mobaynida 26 608 nafar shaxsga nisbatan tergov organi tomonidan qo‘yilgan ayblov chiqarilgan yoki o‘zgartirilgan. 

Shu bilan birga, 4333 nafar shaxsga mahalla, Yoshlar ittifoqi va Xotin-qizlar qo‘mitasi tomonidan berilgan kafolat xatlari inobatga olingan. Ularga ozodlikdan mahrum qilish bilan bog‘liq bo‘lmagan jazo tayinlanib, o‘z oilalari bag‘rida qoldirilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

338

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing