O‘zbekistonda kripto-birjalarda savdo qilishga ruxsat berilishi mumkin

Jamiyat

image
0:00
0:00
download

O‘zbekistonda kripto-birjalarda savdo qilishga ruxsat berilishi kutilmoqda. Bu haqda tegishli qaror loyihasi normativ-huquqiy xujjatlar loyihalari muhokamasi portaliga joylashtirildi.

Qayd etilishicha, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasida raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi va “O‘zbekiston Respublikasida kripto-birjalar faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorlariga muvofiq, kripto-aktivlar aylanmasi sohasini yanada rivojlantirish uchun qo‘lay shart-sharoitlar yaratish, hamda O‘zbekiston Respublikasi hududida kripto-aktivlarning hufyona aylanmasini kamaytirish maqsadida ishlab chiqilgan.

Unga ko‘ra, fuqarolarga O‘zbekiston Respublikasi rezidentlari va (yoki) norezidentlari tomonidan emissiya qilingan tokenlarni ro‘yxatdan o‘tkazish, chiqarish va (yoki) aylantirishga ruxsat beriladi. 

O‘zbekiston Respublikasi rezidentlari kripto-birjalarda kripto-aktivlar va tokenlar bilan kripto-birja savdolarining barcha turlarini milliy va chet el valyutasida amalga oshirishga haqli etib belgilanadi.

Bunda sotib olish ob’ekti sifatida kripto-aktivlarni tanlash va bu tanlovning tegishli oqibatlari sotib oluvchining o‘z tavakkalchiligi deb hisoblanadi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkentda bitkoin sotayotgan shaxslarga nisbatan Jinoyat kodeksining 177-moddasi (valyuta qimmatliklarini qonunga xilof ravishda olish yoki o‘tkazish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

203

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing