O‘zbekistonda koronavirusning yangi to‘lqini bo‘lishi mumkinmi?
Olam
−
23 may 2022
12270Hozirda O‘zbekistonda kuniga o‘rtacha 30-40 kishida kasallik aniqlanmoqda. Ammo O‘zbekistonda koronavirus pandemiyasining yangi to‘lqini yuz berishi ehtimoli yo‘q emas. Bu haqda Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati boshlig‘i o‘rinbosari Nurmat Otabekov O‘zbekistonda immunizatsiya va vaksinatsiya jarayonlari yuzasidan bo‘lib o‘tgan konferensiyada aytib o‘tdi.
“Hozirda yurtimizda kuniga o‘rtacha 30-40 kishida kasallik aniqlanmoqda. Bu mamlakatimiz aholisiga nisbatan ijobiy ko‘rsatkich. Ammo shu bilan xotirjam bo‘lishga haqqimiz yo‘q”, deydi Otabekov.
Ma’lumot uchun, O‘zbekistonda Hozirgacha umumiy kasallanganlar soni 22 may holatiga 238 940 nafar bo‘lib, bulardan 237 161 nafari sog‘aygan va 1 637 nafari bemor vafot etdi.
Eslatib o‘tamiz, kasallikka qarshi emlashlar 2021 yil 1 apreldan boshlangan va hamon davom etmoqda. Hozirda O‘zbekistonda Moderna, Oxford/AstraZeneca, Pfizer/BioNTech, Sinovac, Sputnik Light, Sputnik V, ZF2001 vaksinalari mavjud:
LiveBarchasi