O‘zbekistonda koronavirusni yuqtirib olganlar 44 mingga yaqinlashdi
Jamiyat
−
07 Sentabr 2020
6484Bugun, 7 sentyabr soat 17:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni yana 118 nafarga oshdi va jami bemorlar 43 893 nafarga yetdi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar berdi.
Yangi kasallanish holatlari:
• 82 nafari Toshkent shahrida;
• 14 nafari Toshkent viloyatida;
• 10 nafari Samarqand viloyatida;
• 8 nafari Andijon viloyatida;
• 4 nafari Qoraqalpog‘iston Respublikasida tana harorati ko‘tarilganligi bois profilaktika maqsadida hamda koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.
Shu bilan birga, Uchtepa tumanida yashagan 83 yoshli A.D. (erkak) hamda Termiz shahrida yashagan va Zangiota tumanidagi yuqumli kasalliklar shifoxonasida davolangan 55 yoshli B.J. (erkak), jami 2 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etdi.
Bugun ayni paytga qadar Toshkent shahrida 186 nafar, Toshkent viloyatida 56 nafar, Andijon, Farg‘ona viloyatlari hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasida 4 nafardan bemor tuzaldi.
Shunday qilib, O‘zbekistonda 41 531 (+254) nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar (94 foiz) sog‘aygan.
Hozirda mamlakatda 2 010 nafar bemorga shifokorlar tomonidan belgilangan standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda.
Ahrorbek Hayrullayev
LiveBarchasi