O‘zbekistonda emlanganlar qariyb yarim millionga yetdi

Jamiyat

image

Kecha, 21 aprel kuni O‘zbekiston hududlari bo‘ylab  jami 28405 nafar kishi COVID-19 ga qarshi emlandi. Bu haqda O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vazirligi Matbuot xizmati xabar berdi.

Shu tariqa ayni kungacha mamlakatda koronavirus infeksiyasiga qarshi emlangan fuqarolar soni 486 960 nafarga yetgan. 

21 aprel kunidagi emlash ko‘rsatkichlari bo‘yicha yuqori o‘rinlarni:

  • Surxondaryo viloyati (5 307 nafar);
  • Namangan viloyati (4 237 nafar);
  • Samarqand viloyati (3 204 nafar) band qildi. 

E’tiborli jihati shuki, koronavirusga qarshi emlangan jami aholi soni:

  • Farg‘ona viloyatida 69 013 nafar; 
  • Namangan viloyatida 52 078 nafar; 
  • Andijon viloyatida 49 533 nafar;
  • Samarqand viloyatida 46 598 nafar;
  • Qashqadaryo viloyatida 40 128 nafarni tashkil qilmoqda.

Emlash jarayonlari davom etadi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

18

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing