O‘zbekistonda koronavirusga qarshi emlanganlar soni 400 mingdan oshdi

Jamiyat

image

Kecha, 17 aprel kuni O‘zbekiston hududlari bo‘ylab  jami 33 208 nafar kishi COVID-19 ga qarshi emlandi. Bu haqda O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vazirligi Matbuot xizmati xabar berdi.

Shu tariqa ayni kungacha mamlakatda koronavirus infeksiyasiga qarshi emlangan fuqarolar soni 403 136 nafarga yetgan. 

17 aprel kunidagi emlash ko‘rsatkichlari bo‘yicha yuqori o‘rinlarni:

  • Farg‘ona viloyati (4545 nafar);
  • Qashqadaryo viloyati (4350 nafar);
  • Samarqand viloyati (4344 nafar) 
  • band qildi. 

E’tiborli jihati shuki, koronavirusga qarshi emlangan jami aholi soni:

  • Farg‘ona viloyatida 58529 nafar;
  • Andijon viloyatida 44309 nafar; 
  • Namangan viloyatida 40664;
  • Samarqand viloyatida 36178 nafarni tashkil qilmoqda.

Emlash jarayonlari davom etadi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

32

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing