O‘zbekistonda koronavirusga qarshi emlanganlar soni 100 mingdan oshdi

Jamiyat

image
0:00
0:00
download

Kecha, 9 aprel kuni Toshkent va Nukus shaharlari hamda viloyat markazlaridan  jami 25207 nafar kishi COVID-19 ga qarshi emlandi. Bu haqda SSV Matbuot xizmati xabar bermoqda

Shu tariqa ayni kungacha O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasiga qarshi emlangan fuqarolar soni 108 283 nafarga yetdi. 

9 aprel kunidagi emlash ko‘rsatkichlari bo‘yicha yuqori o‘rinlarni: 

  • Surxondaryo viloyati (3764 nafar);
  • Farg‘ona viloyati (3138 nafar);
  • Namangan viloyati (2990 nafar);
  • Xorazm viloyati (2268 nafar);
  • Samarqand viloyati (1848 nafar); 
  • Toshkent viloyati (1614 nafar);
  • Qashqadaryo viloyati (1564 nafar);
  • Jizzax viloyati (1499 nafar);
  • Andijon viloyati (1470 nafar);  
  • Toshkent shahri (1244 nafar);
  • Buxoro viloyati (1098 nafar) band qildi. 

Faqatgina Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Navoiy viloyatlarida emlash ko‘rsatkichlari ming nafardan kam bo‘lgan. 

E’tiborli jihati shuki, Toshkent shahri, Namangan va Samarqand viloyatlarida koronavirusga qarshi emlangan aholi 10 ming nafardan oshgan.

Emlash jarayonlari davom etadi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

30

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing