O‘zbekistonda koronavirusga qarshi 10 million dozadan ortiq vaksina qo‘llanildi

Jamiyat

image

Kecha, 7 avgustda O‘zbekiston bo‘ylab 470 968 doza COVID-19 ga qarshi vaksina qo‘llanildi. Shu kungacha to‘liq emlangan fuqarolar 1 341 693 nafarni tashkil qilmoqda. Bu haqda SSV Matbuot xizmati xabar berdi.

Ulardan:

  • 1-bosqich emlanganlar 382 552 nafarni, 
  • 2-bosqich emlanganlar 67 728 nafarni,
  • 3-bosqich emlanganlar 20 688 nafarni tashkil qildi.

Ayni kungacha mamlakatimizda jami 10 025 226 doza vaksinadan foydalanildi. Ulardan:

  • 1-bosqich emlanganlar 6 829 079 nafarni, 
  • 2-bosqichda emlanganlar 2 308 175 nafarni,
  • 3-bosqich emlanganlar 887 972 nafarni tashkil qildi. 

Shu kungacha to‘liq emlangan fuqarolar 1 341 693 nafarni tashkil qilmoqda.

7 avgust kunidagi emlash ko‘rsatkichlari bo‘yicha yuqori o‘rinlarni:

  • Samarqand viloyati (68 956 doza), 
  • Qashqadaryo viloyati (52 115 doza),
  • Andijon viloyati (50 328 doza) band qildi.
  • Jami emlashlar bo‘yicha yuqori ko‘rsatkichlar:
  •  Farg‘ona viloyatida 1 202 379 doza, 
  •  Namangan viloyatida 1 196 489 doza, 
  • Andijon viloyatida 1 092 578 dozani tashkil qilmoqda.

 

Joriy yilning 6 avgust holatiga ko‘ra, O‘zbekistonga keltirilgan jami vaksina 14 million 580 ming 60 dozani tashkil qilmoqda.
Ulardan: 

  • 370 ming dozasi “Sputnik V”, 
  • 710 ming dozasi AstraZeneca, 
  • 10,5 million dozasi ZF-UZ-VAC2001,
  •  3 million 60 dozasi Moderna vaksinasidir.

Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

46

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing