O‘zbekistonda koronavirusga chalinish bo‘yicha rekord qayta yangilandi

Jamiyat

image

Kecha, 23 aprel kuni O‘zbekistonda qariyb 400 nafar fuqaroda koronavirus bilan kasallanish holati qayd etildi, bir nafar bemor vafot etdi. Bu haqda O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vazirligi Matbuot xizmati xabar berdi.

2021 yil 23 aprel holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 399 kishiga ortib, 88 679 nafarni tashkil etmoqda.

Yangi kasallanish holatlarining:

  • 5 nafari Qoraqalpog‘iston Respublikasida;
  • 4 nafari Andijon viloyatida;
  • 2 nafari Buxoro viloyatida;
  • 9 nafari Jizzax viloyatida;
  • 3 nafari Navoiy viloyatida;
  • 6 nafari Namangan viloyatida;
  • 54 nafari Samarqand viloyatida;
  • 8 nafari Surxondaryo viloyatida;
  • 5 nafari Sirdaryo viloyatida;
  • 1 nafari Farg‘ona viloyatida;
  • 2 nafari Xorazm viloyatida;
  • 83 nafari Toshkent viloyatida;
  • 217 nafari Toshkent shahrida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

Kecha kun davomida:

  • Qoraqalpog‘iston Respublikasida 1 nafar;
  • Buxoro viloyatida 7 nafar;
  • Jizzax viloyatida 15 nafar;
  • Qashqadaryo viloyatida 2 nafar;
  • Namangan viloyatida 6 nafar;
  • Samarqand viloyatida 41 nafar;
  • Sirdaryo viloyatida 6 nafar;
  • Surxondaryo viloyatida 6 nafar;
  • Farg‘ona viloyatida 1 nafar;
  • Xorazm viloyatida 6 nafar;
  • Toshkent viloyatida 51 nafar;
  • Toshkent shahrida 162 nafar bemor tuzalib, kasallikdan sog‘ayganlar jami 85536 (+304) nafarga yetdi va sog‘ayish ko‘rsatkichi 97 foizni tashkil qilmoqda.

Shuningdek, 1 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etib, kasallikdan vafot etganlar soni 642 nafarni tashkil qildi.

Ayni paytda tibbiyot muassasalarida davolanayotgan 2501 nafar bemordan 238 nafari og‘ir, 113 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

1855

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing