O‘zbekistonda koronavirusga chalinganlar soni yana oshdi

Jamiyat

image

2020 yil 5 iyun soat 10:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 26 nafarga oshib, 3965 nafarni tashkil etmoqda.

Yangi kasallanish holatlarining 12 nafari Karantin markazidagi (barchasi xorijdan kelgan) fuqarolar orasida, 5 nafari Samarqand viloyatida hamda yana 5 nafari Navoiy viloyatida koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda bo‘lib karantinga olingan fuqarolarda, 2 nafari Sirdaryo viloyatida hamda 1 nafari Toshkent viloyatida Rossiyadan chegara post orqali yurtimizga kirib kelgan xalqaro yuk tashuvchi avtomashina haydovchilarida, qolgan 1 nafari esa Toshkent shahrida aholi orasida aniqlangan.

Ayni paytda mamlakatda 3087 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar sog‘aygan.

Hozirda mamlakatda 862 nafar bemorga shifokorlar tomonidan belgilangan standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda. Ulardan 9 nafari og‘ir, 1 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

311

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing