O‘zbekistonda koronavirusga chalinganlar soni sezilarli oshdi
Jamiyat
−
19 iyun 2020
13544Bugun, 19 iyun soat 10:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 88 nafarga oshib, 5855 nafarni tashkil etmoqda. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar berdi.
Yangi kasallanish holatlarining 27 nafari Karantin markazidagi fuqarolar orasida, 61 nafari Toshkent shahrida (shundan 51 nafari koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda bo‘lib karantinga olinganlar, 10 nafari aholi orasida) aniqlangan.
Ayni paytda O‘zbekistonda 4199 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar (71 foiz) sog‘aygan.
Hozirda mamlakatda 1637 nafar bemorga shifokorlar tomonidan belgilangan standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda. Ulardan 12 nafari og‘ir ahvolda.
LiveBarchasi