O‘zbekistonda koronavirusga chalinganlar soni 83 mingdan oshdi. Bir kishi vafot etdi

Jamiyat

image
0:00
0:00
download

Joriy yilning 31 mart holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 83 050 (+181) nafarni tashkil etmoqda. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi Matbuot xizmati xabar berdi.

Yangi kasallanish holatlarining:

  • 5 nafari Qoraqalpog‘iston Respublikasida;
  • 1 nafari Andijon viloyatida;
  • 6 nafari Buxoro viloyatida;
  • 6 nafari Jizzax viloyatida;
  • 2 nafari Namangan viloyatida;
  • 11 nafari Samarqand viloyatida;
  • 3 nafari Sirdaryo viloyatida;
  • 2 nafari Surxondaryo viloyatida;
  • 18 nafari Toshkent viloyatida;
  • 127 nafari Toshkent shahrida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

Shuningdek, 1 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etib, kasallikdan vafot etganlar soni 630 nafarga etdi.

Kecha kun davomida:

  • Buxoro viloyatida 5 nafar;
  • Namangan viloyatida 3 nafar;
  • Xorazm viloyatida 5 nafar;
  • Toshkent viloyatida 15 nafar;
  • Toshkent shahrida 124 nafar bemor tuzalib, kasallikdan sog‘ayganlar jami 81135 (+152) nafarga yetdi va sog‘ayish ko‘rsatkichi 98 foizni tashkil qilmoqda.

Ayni paytda tibbiyot muassasalarida davolanayotgan 1285 nafar bemordan 191 nafari og‘ir, 85 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

800

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing