O‘zbekistonda koronavirusga chalinganlar 90 mingdan oshdi. Og‘ir ahvoldagilar haqida ma’lumot yo‘q

Jamiyat

image

O‘zbekistonda koronavirus bilan kasallanish holatlari 90 mingdan oshdi. Bu haqda O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vazirligi Matbuot xizmati xabar bermoqda

Kecha, 27 aprel holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 378 nafarga ortib, 90 008 kishini tashkil etmoqda.

Yangi kasallanish holatlarining:

  • 1 nafari Qoraqalpog‘iston Respublikasida;
  • 3 nafari Andijon viloyatida;
  • 3 nafari Buxoro viloyatida;
  • 9 nafari Jizzax viloyatida;
  • 6 nafari Qashqadaryo viloyatida;
  • 2 nafari Navoiy viloyatida;
  • 4 nafari Namangan viloyatida;
  • 73 nafari Samarqand viloyatida;
  • 3 nafari Sirdaryo viloyatida;
  • 8 nafari Surxondaryo viloyatida;
  • 3 nafari Farg‘ona viloyatida;
  • 8 nafari Xorazm viloyatida;
  • 75 nafari Toshkent viloyatida;
  • 180 nafari Toshkent shahrida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

Kecha kun davomida:

  • Qoraqalpog‘iston Respublikasida 4 nafar;
  • Buxoro viloyatida 5 nafar;
  • Jizzax viloyatida 8 nafar;
  • Navoiy viloyatida 6 nafar;
  • Namangan viloyatida 6 nafar;
  • Surxondaryo viloyatida 7 nafar;
  • Farg‘ona viloyatida 2 nafar;
  • Xorazm viloyatida 3 nafar;
  • Toshkent viloyatida 52 nafar;
  • Toshkent shahrida 176 nafar bemor tuzalib, kasallikdan sog‘ayganlar jami 86449 (+269) nafarga yetdi va sog‘ayish ko‘rsatkichi 96 foizni tashkil qilmoqda.

Ayni paytda tibbiyot muassasalarida 2913 nafar bemor davolanmoqda. Sog‘liqni saqlash vazirligi og‘ir va o‘ta og‘ir ahvoldagi bemorlar haqida ma’lumot bermagan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

1037

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing