O‘zbekistonda koronavirusga chalinganlar 3700 dan oshdi

Jamiyat

image
1 iyun soat 23:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni yana 29 tana ortib, 3702 nafarni tashkil etmoqda.
 
Yangi kasallanish holatlarining 22 nafari Karantin markazidagi (20 nafari Rossiyaning Sankt-Peterburg shahridan charter reys bilan kelgan, 2 nafari esa koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lgan) fuqarolar orasida, 6 nafari Toshkent shahrida aholi orasida, 1 nafari esa Samarqand viloyatida karantinda bo‘lgan fuqaroda aniqlangan.
 
Ayni paytda O‘zbekistonda 2859 (+22) nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar sog‘aydi. 
 
Hozirda mamlakatda davolanayotgan 828 nafar bemorga shifokorlar tomonidan belgilangan standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda.

Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

270

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing