O‘zbekistonda koronavirusga chalinganlar 4700 nafardan oshdi
Jamiyat
−
11 iyun 2020
7713Bugun, 11 iyun soat 16:30 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 22 nafarga oshib, 4717 nafarni tashkil etmoqda. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi Matbuot xizmati xabar berdi.
Yangi kasallanish holatlarining 10 nafari Karantin markazidagi fuqarolar orasida, 4 nafari Toshkent shahrida (3 nafari aholi orasida, 1 nafari xorijdan kelib, karantinga olingan), 3 nafari Sirdaryo viloyatida, yana 3 nafari Toshkent viloyatida hamda qolgan 2 nafari Qoraqalpog‘iston Respublikasida Rossiyadan chegara post orqali mamlakatimizga kirib kelgan xalqaro yuk tashuvchi avtomashina haydovchilarida qayd etilgan.
Ayni paytda mamlakatda 3611 (+79) nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar sog‘aydi.
Hozirda mamlakatda davolanayotgan 1087 nafar bemorga shifokorlar tomonidan belgilangan standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda.
LiveBarchasi