O‘zbekistonda koronavirusdan sog‘ayish darajasi yana 94 foizga ko‘tarildi
Jamiyat
−
27 Sentabr 2020
11602Bugun, 27 sentyabr soat 23:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni yana 181 nafarga ortib, 55 401 nafarni tashkil etmoqda. Bugun jami 448 kishida koronavirus aniqlandi.
Yangi kasallanish holatlari:
- 70 nafari Toshkent viloyatida;
- 11 nafari Jizzax viloyatida tana harorati ko‘tarilganligi hamda koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.
Shu bilan birga yana bir nafar bemor vafot etdi. Bugungi jami o‘lim holatlari 5 tani tashkil etdi. O‘zbekistonda koronavirusdan vafot etganlar soni esa 459 nafarga yetdi.
Bugun:
- Toshkent shahrida 339 nafar;
- Toshkent viloyatida 92 nafar;
- Andijon viloyatida 14 nafar;
- Samarqand viloyatida 13 nafar;
- Farg‘ona viloyatida 12 nafar;
- Jizzax viloyatida 10 nafar;
- Qoraqalpog‘iston Respublikasida 8 nafar;
- Surxondaryo viloyatida ham 8 nafar;
- Qashqadaryo viloyatida 6 nafar;
- Navoiy viloyatida 5 nafar - jami 507 nafar bemor tuzaldi.
Shunday qilib, mamlakatda 51 965 (+507) nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar (94 foiz) sog‘aygan.
Hozirda mamlakatda 2 977 nafar bemorga shifokorlar tomonidan belgilangan standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda. Ularning 725 nafari og‘ir, 299 nafar o‘ta og‘ir ahvolda.
LiveBarchasi