O‘zbekistonda koronavirusdan sog‘ayganlar 45 mingga yaqinlashdi

Jamiyat

image

Bugun, 15 sentyabr soat 18:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni yana 237 nafarga oshdi va jami bemorlar soni 48 429 nafarga yetdi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar berdi.

Yangi kasallanish holatlari:

•  197 nafari Toshkent shahrida; 
•  24 nafari Toshkent viloyatida; 
•  16 nafari Qashqadaryo viloyatida tana harorati ko‘tarilganligi hamda koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

Shu bilan birga, Toshkent shahrida yashagan 70 yoshli M.E. (ayol) hamda 66 yoshli T.X. (ayol), jami 2 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etdi.

Bugun ayni paytga qadar Toshkent shahrida 198 nafar, Toshkent viloyatida 114 nafar, Samarqand viloyatida 53 nafar, Namangan viloyatida 23 nafar, Xorazm viloyatida 12 nafar, Andijon viloyatida 9 nafar, Qashqadaryo viloyatida 5 nafar hamda Farg‘ona viloyatida 2 nafar bemor tuzaldi. 

Endilikda O‘zbekistonda 44 942 nafar bemor koronavirus infeksiyasidan (93 foiz) sog‘aygan.

Hozirda mamlakatda 3 085 nafar bemorga shifokorlar tomonidan belgilangan standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda.

Ahrorbek Hayrullayev


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

114

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing