O‘zbekistonda koronavirus yuqtirganlar 47 mingdan oshdi
Jamiyat
−
13 Sentyabr 2020 13149 1 daqiqa
Bugun, 13 sentyabr soat 10:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 192 nafarga oshib, 47 042 nafarni tashkil etmoqda.
Yangi kasallanish holatlarining
• 96 nafari Toshkent shahrida
• 51 nafari Samarqand viloyatida
• 17 nafari Andijon viloyatida
• 9 nafari Namangan viloyatida
• 8 nafari Qoraqalpog‘iston Respublikasida
• 8 nafari Toshkent viloyatida
• 3 nafari Qashqadaryo viloyatida aniqlangan.
Shu bilan birga, Zangiota tumanida yashagan 83 yoshli B.R. (erkak) hamda Shayxontohur tumanida yashagan 74 yoshli X.Z. (ayol), jami 2 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etdi.
Ayni paytda O‘zbekistonda 43 511 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar (93 foiz) sog‘aygan.
Hozirda mamlakatda 3 143 nafar bemorga shifokorlar tomonidan belgilangan standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda.
Live
BarchasiOhangaronda o‘qituvchi o‘quvchini kaltakladi
22 Oktyabr
Avstraliyada kuchli yomg‘ir yog‘di
22 Oktyabr
Gretsiyada ham talabalar namoyish boshladi
22 Oktyabr