O‘zbekistonda koronavirusga chalinganlar 3333 nafarga yetdi

Jamiyat

image

2020 yil 27 may soat 10:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 3333 (+43) nafarni tashkil etmoqda.

Yangi aniqlangan kasallanish holatlarining 31 nafari Navoiy viloyatidan, 6 nafari Toshkent viloyatidan, 4 nafari Toshkent shahridan hamda 2 nafari Namangan viloyatidan. Ularning barchasi koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda bo‘lgani uchun gumonlanib, karantinga olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

Ayni paytda mamlakatda 2636 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar butunlay sog‘aygan. 

Hozirda mamlakatda 683 nafar bemorga shifokorlar tomonidan belgilangan standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda. Ulardan 4 nafarining ahvoli og‘ir.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

210

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing