O‘zbekistonda “Kitobxonlik haftaligi” belgilandi

Jamiyat

image

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori bilan 2020-2025 yillarda kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish va qo‘llab-quvvatlash milliy dasturi tasdiqlandi.

Aholi, avvalo, yoshlarning ma’naviy-ma’rifiy, badiiy-estetik talablariga javob beradigan kitoblarni yuksak sifat bilan chop etish, nashriyotlar va ijodkorlar faoliyatiga ko‘maklashish, bolalarga mo‘ljallangan adabiyotlarni chop etishni qo‘llab-quvatlash Dasturni amalga oshirishning ustuvor yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi.

Dastur quyidagi 3 bosqichda amalga oshiriladi:

•    birinchi bosqich – 2020-2021 yillarda  kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish bo‘yicha tashkiliy-huquqiy mexanizmlarni takomillashtirish chora-tadbirlarini amalga oshirish;

•    ikkinchi bosqich – 2022-2023 yillarda kitobxonlikka oid infratuzilmani mustahkamlash;

•    uchinchi bosqich – 2024-2025 yillarda yoshlarning kitobxonlik madaniyatini jadal rivojlantirish, ularning intellektual salohiyati o‘sishi hisobiga inson kapitali sifatini yaxshilash.

Qarorga ko‘ra, 2021 yildan boshlab har yili aprel oyining birinchi haftasi “Kitobxonlik haftaligi” etib belgilandi.

Shuningdek, qaror bilan tasdiqlangan Dasturni 2020-2021 yillarda amalga oshirish bo‘yicha “Yo‘l xaritasi”ga ko‘ra, nashriyotlar tomonidan yozuvchilarga ajratiladigan gonorar masalasini takomillashtirish yuzasidan normativ-huquqiy hujjat loyihasini ishlab chiqish nazarda tutilgan.


Maqola muallifi

Teglar

kitobxonlik haftaligi

Baholaganlar

29

Reyting

3.2

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

Mavzuga doir yangiliklar