O‘zbekistonda xususiy OTMlarni nazorat qiluvchi alohida tuzilma tashkil etiladi
Jamiyat
−
30 aprel 5937 1 daqiqa
O‘zbekistonda ta’lim sifatini tashqi baholash, sifat nazoratining shaffof, xolis va adolatli tizimini joriy qilish bilan shug‘ullanuvchi mustaqil tuzilma tashkil etiladi. Bu haqda bugun, 30 aprel kuni Prezident Shavkat Mirziyoyevga nodavlat ta’lim xizmatlari tizimini takomillashtirish, oliy va kasbiy ta’limda sifatni oshirish chora-tadbirlari taqdimoti bilan tanishish chog‘ida ma’lum qilindi.
Qayd etilishicha, so‘nggi yillarda ta’lim sohasida xususiy sektorga berilgan imkoniyatlar tufayli 71 ta xususiy oliygoh va 51 ta xususiy texnikum tashkil etilib, ularda 500 ming nafarga yaqin talaba va o‘quvchilar tahsil olmoqda. Buning natijasida mamlakatda oliy ta’lim bilan qamrov 9 foizdan 42 foizga oshgan.
Taqdimotda nodavlat ta’lim xizmatlarini ko‘rsatishni tartibga solish, litsenziyalash tizimini takomillashtirish hamda davlat akkreditatsiyasidan o‘tkazish bo‘yicha yangi tizimni joriy etishga qaratilgan takliflar muhokama qilingan.
Qolaversa, bu borada ilg‘or xorijiy tajribalar asosida ikki bosqichli litsenziyalash tizimiga o‘tish, ta’lim dasturlarini maxsus akkreditatsiyadan o‘tkazish hamda har besh yilda kompleks davlat akkreditatsiyasini tashkil etish bo‘yicha takliflar bildirilgan.
Live
Barchasi