O‘zbekistonda xorijiy til o‘qituvchilari ishdan majburan bo‘shatilyapti – Mehnat inspeksiyasi

3-sahifa

image

O‘zbekistonda xorijiy tildan dars beruvchi o‘qituvchilar oylik olmay, majburan ishdan bo‘shatilayotgan holatlar ko‘paymoqda. Bu haqda Davlat mehnat inspeksiyasi xabar berdi. 

Ma’lum qilinishicha, inspeksiyaga chet tili ustozlariga ish haqi hisoblanmagani, ishdan chetlatilgani, hatto majburiy ravishda ariza yozdirib olingani haqidagi murojaatlar ko‘paygan.

Inspeksiyaning eslatishicha, ish beruvchilarning o‘qituvchilarga nisbatan bunday harakatlari mehnat qonunchiligiga zid bo‘lib, huquqbuzarlik hisoblanadi.

“Davlat mehnat inspeksiyasi har bir aniqlangan holat bo‘yicha belgilangan tartibda choralar ko‘rishini, jumladan javobgarlik choralarini qo‘llashini ma’lum qiladi. Agar siz yoki tanishlaringiz shunday holatlarga duch kelgan bo‘lsa, murojaat qoldiring – har bir holat qonun doirasida ko‘rib chiqiladi va himoya ta’minlanadi”, deyiladi xabarda. 

Eslatib o‘tamiz, avvalroq maktablardagi kamida B2 darajadagi sertifikatga ega bo‘lmagan xorijiy til o‘qituvchilariga 2025 yilning yakuniga qadar o‘z mehnat faoliyatini davom ettirishga ruxsat berilgandi.

Ma’lumot uchun, Vazirlar Mahkamasining “Xorijiy tillarni o‘rganishni ommalashtirishni samarali tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 312-son qarorining 9-bandida davlat ta’lim muassasalari xorijiy tillar o‘qituvchilari uchun xorijiy tillarni o‘zlashtirish darajasi bo‘yicha 2025/2026 o‘quv yiliga qadar umumiy o‘rta, o‘rta maxsus va professional ta’lim muassasalarida faoliyat yuritayotgan barcha xorijiy tillar o‘qituvchilari kamida B2 darajadagi milliy yoki unga tenglashtirilgan mos darajadagi xalqaro sertifikatga ega bo‘lishi lozimligi belgilangan. 

 


Maqola muallifi

Teglar

Mehnat inspektsiyasi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

Mavzuga doir yangiliklar