O‘zbekistonda xorijga chiqish pasporti uchun to‘lov summasi kamaytiriladi

Jamiyat

image

O‘zbekistonda 2022 yil 1 yanvardan bir qator davlat xizmatlari ko‘rsatilishi uchun undiriladigan to‘lov summasi kamaytiriladi va ayrimlari uchun bekor qilinadi. Bu haqda Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali Matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, ushbu o‘zgarishlar O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning “Davlat xizmatlari ko‘rsatish infratuzilmasini takomillashtirish va aholining davlat xizmatlaridan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmonida so‘z boradi.

Unga ko‘ra, respublika fuqarolariga xorijga chiqish uchun biometrik pasport berish to‘lov summasi bazaviy hisoblash miqdori — 245 000 so‘mning  1,2 baravaridan 1 baravariga qisqartiriladi.

Shuningdek, tadbirkorlik sub’ektlariga davlat ro‘yxatidan o‘tkazganligi to‘g‘risidagi yangi namunadagi guvohnoma berish BHM bo‘yicha 1 baravardan 20 foizga kamaytiriladi.

Bundan tashqari, xususiy bandlik agentliklari reyestriga kiritish uchun to‘lov avval BHMning 1 baravari bo‘lsa, endilikda bepul etib belgilanadi.

Xabarga ko‘ra, advokatlik byurolari, firmalari va hay’atlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun to‘lov avval BHMning 2 baravar miqdorida edi, endilikda bu 1 baravar etib belgilanadi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

2871

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing