O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan yurist Habibulla Abdualiyev vafot etdi

Jamiyat

image

O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan yurist Habibulla Mullaberdiyorovich Abdualiyev joriy yilning 17 sentyabirida 88 yoshida vafot etdi.

Habibulla Mullaberdiyorovich Abdualiyev 1932 yil 26 oktyabrda Toshkent shahrida ziyoli oilasida tug‘ildi. H. Abdualiyevning padari buzrukvorlari Alimov Mullaberdiyorxon Toshkent shahri “Darxon” masjidining imomi, Dodalari Abdullo muftiy unvonida faoliyat ko‘rsatganlar.

Ustoz Habibulla Abdualiyev to‘g‘riso‘z, fidoiy, o‘z kasbiga jonkuyar va o‘ta mas’uliyatli inson edilar.

1955–1960 yillarda O‘rta Osiyo davlat universitetining yuridik fakultetida tahsil olgan va ayni bir vaqtning o‘zida shu fakultetning uslubchisi vazifasida o‘z mehnat faoliyatini boshlagan.

1959–2002 yillar davomida Toshkent davlat universitetining yuridik fakultetida Ma’muriy va moliya huquqi kafedrasi laboranti, o‘qituvchisi, katta o‘qituvchisi, “Davlat huquqi va boshqaruvi” kafedrasi dotsenti, yuridik fakulteti dekan o‘rinbosari lavozimlarida faoliyat ko‘rsatdi.

1983 yilda unga O‘zbekiston Respublikasi Oliy Soveti Prezidiumi Farmoni bilan “O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan yurist” unvoni berildi.

Habibulla Abdualiyev tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, Davlat huquqi masalalariga bag‘ishlangan 40 dan ortiq maqolalar, kitoblar va metodik qo‘llanmalar yozilgan. Ularda davlat organlari, deputatlarning huquq va burchlari, davlatlarning suveren huquqlari, Konstitutsiya va qonunning ustuvorligi, mustaqil davlatning bosh qonuni, saylov tizimlari, saylov huquqi, xalq deputatlari, davlat organlari tushunchasi va tizimi, Konstitutsiyaviy huquq va uning dasturi kabi mavzular yoritilgan.

Habibulla Abdualiyev tahsil olgan va hayotda o‘z o‘rnini topgan bir qancha shogirdlari respublikamiz turli yo‘nalishlarida va huquqni muhofaza qiluvchi idoralarida faol mehnat qilishmoqda.

Habibulla Abdualiyev hayotining so‘nggi kunlarigacha, jamoat ishida faol ishtirok etib keldi. Toshkent shahar Uchtepa tumani “Sharq yulduzi” MFY raisi lavozimida, shuning bilan birga, o‘zining adliya masalalariga oid maslahatlari bilan mahalla ahlining hurmat-e’tiborini qozondi.

QALAMPIR.UZ tahririyati marhumning yaqinlari va do‘stlariga hamdardlik bildiradi.


Maqola muallifi

Teglar

Habibulla Abdualiev

Baholaganlar

64

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

Mavzuga doir yangiliklar