O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan san’at arbobi Anvar Ergashev vafot etdi

Madaniyat-san’at

image

Taniqli bastakor va dirijyor, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan san’at arbobi Anvar Ergashev 66 yoshida vafot etdi. Bu haqda “O‘zbekkino” milliy agentligi xabar bermoqda. 

Anvar Ergashev 1954 yilda Toshkentda tavallud topgan. 1977 yilda Toshkent davlat konservatoriyasini tamomlagan. 

Anvar Ergashev Milliy simfonik orkestri bosh dirijyori va Alisher Navoiy nomidagi Davlat Akademik teatri badiiy rahbari lavozimlarida faoliyat yuritgan. 5

0 dan ortiq  badiiy va musiqiy filmlar, spektakllar bastakori, ko‘plab qo‘shiq hamda musiqalar muallifi. Uning kinodagi ishlari sirasiga "Yulduzimni ber, osmon", “Bomba”, “Sharif va Ma’rif”, “Osmondagi bolalar”, “Alanga ichidagi farishta”, “Oq bino oqshomlari”, “Uch qirol jangi”, “Oyi” filmlari kiradi. Yetuk kompozitorning so‘nggi ishi bir necha oy oldin premerasi bo‘lib o‘tgan “101” kinoasari edi.  


Maqola muallifi

Teglar

Anvar Ergashev

Baholaganlar

207

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

Mavzuga doir yangiliklar