O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist, taniqli raqqosa vafot etdi

Madaniyat-san’at

image

Taniqli raqqosa, baletmeyster, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Nasiba Madrahimova kecha, 23 iyul kuni 80 yoshida vafot etdi. Bu haqda jurnalist Nasriddin Asriddinov o‘zining Facebook sahifasida ma’lum qildi.

Nasiba Madrahimova o‘zbek milliy raqs san’atining yetuk namoyandalaridan biri edi. U Mukarrama Turg‘unboyeva nomidagi “Bahor” xalq raqs ansamblining yetakchi raqqosalaridan biri sifatida faoliyat yuritgan va 20 yildan ortiq vaqt davomida ushbu jamoada ijod qilgan.

Ustoz san’atkor 30 yildan ziyod O‘zbek xoreografiya maktabida pedagoglik faoliyati bilan shug‘ullanib, ko‘plab shogirdlarga milliy raqs san’ati sirlarini o‘rgatgan.

Nasiba Madrahimova 1981 yilda san’at sohasidagi xizmatlari uchun “O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist” faxriy unvoni bilan taqdirlangan. Shuningdek, u “Shuhrat” ordeni sohibi bo‘lgan.

Raqqosa turli yillarda xorijiy mamlakatlardagi gastrollarda ishtirok etib, o‘zbek milliy raqs san’atini keng targ‘ib qilgan.

QALAMPIR.UZ marhumaning oila a’zolari va yaqinlariga chuqur hamdardlik bildiradi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

Mavzuga doir yangiliklar