O‘zbekistonda Xitoyning yana bir universitetining filiali ochiladi

Jamiyat

image

O‘zbekistonda Xitoyning Szyansi an’anaviy xitoy tabobati universitetining filialini tashkil etiladi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar berdi.

Bugun, 24 avgust kuni Sog‘liqni saqlash vaziri Alisher Shodmonov Xitoyning “Beizhong Yilin Pharm Tech (Beijing) Co. Ltd.” farmatsevtika kompaniyasi prezidenti Syuyejun Lin boshchiligidagi navbatdagi guruhni qabul qildi. 

Farmatsevtika kompaniyasi hamda Szyansi an’anaviy xitoy tabobati universitetining 10 nafar shifokor va mutaxassislaridan iborat delegatsiyaning mamlakatga kelishdan maqsadi O‘zbekiston tibbiyot xodimlari bilan “COVID-19” pandemiyasiga oid ma’lumotlar bilan o‘rtoqlashish, hamkorlikda kasallik keng tarqalishini oldini olish, uni nazorat qilish va davolash ishlariga ko‘maklashishdan iborat. 

“O‘zbekistonda Szyansi an’anaviy xitoy tabobati universitetining filialini tashkil qilishga kelishib olindi. Bu yerda tayyorlanadigan mutaxassislar xalq tabobati ilmini zamonaviy tibbiyot yutuqlari bilan uyg‘unlashtirgan holda amaliyotda qo‘llashlari mumkin bo‘ladi”, deyiladi vazirlik xabarida.

Ma’lumot uchun, O‘zbekistonga, Xitoydan virusolog, epidemiolog, xirurg, pulmonolog, ftiziatr, nevrolog kabi mutaxassislardan iborat tibbiy guruh kelgandi. Shu vaqtgacha xitoylik mutaxassislar va mahalliy shifokorlar o‘rtasida onlayn konferensiyalar tashkil qilindi, mehmonlar tomonidan koronavirusga chalingan og‘ir ahvoldagi bemorlarga konsultatsiyalar berilgan.

Ahrorbek Hayrullayev


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

30

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing