O‘zbekistonda Xitoy tajribasi: kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha 18 ta yo‘nalishda loyihalar tayyorlandi

Jamiyat

image

Kambag‘allikni qisqartirish maqsadida Xitoydan tajribali ekspertlar O‘zbekistonga olib kelindi, O‘zbekiston delegatsiyalari Xitoyga borib keldi. Natijada 18 ta yo‘nalishda manzilli loyihalar tayyorlandi. Bu haqda bugun, 15 may kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligidagi kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha videoselektor yig‘ilishida ma’lum qilindi.

Majlisda kambag‘allikni qisqartirish sohasida Xitoy tajribasini o‘rganish masalasiga to‘xtalib o‘tildi. 

Xitoy tajribasi asosida har bir viloyatda kambag‘allikdan chiqarish bo‘yicha alohida dastur amalga oshiriladi.

Bunda kambag‘allik yuqori bo‘lgan tumanlarda yo‘l-transport, elektr, aloqa va turizm infratuzilmasini yaxshilash, kichik va o‘rta shaharlarni rivojlantirish, mahallalarni sanoatlashtirishga e’tibor qaratiladi.

Mutasaddilarga xitoylik ekspertlar bilan birga tanlab olingan 14 ta tumanni kambag‘allikdan chiqarish uchun kompleks rivojlantirish dasturini ishlab chiqish topshirildi.

Xitoy markazlari bilan hamkorlikda hokim yordamchilarini o‘qitish, yaxshi natijaga erishgan kamida 200 nafar salohiyatli hokim yordamchilarini Xitoyga amaliyot o‘tashga yuborish vazifasi qo‘yildi.

Yig‘ilish davomida soha va hududlar mutasaddilarining yangi tizim asosidagi ishlarni qanday tashkil etishi yuzasidan axboroti tinglandi.


Maqola muallifi

Teglar

kambag'allik Xitoy tajribasi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing