O‘zbekistonda xalqaro kurerlik jo‘natmalari uchun bojxona yig‘imi pasaytiriladi
Jamiyat
−
11:48 429 1 daqiqa
O‘zbekistonda joriy yil 1 noyabrdan xalqaro kurerlik jo‘natmalarini bojxona rasmiylashtiruvidan o‘tkazganlik uchun amaldagi bojxona yig‘imi stavkasi 20 foizga pasaytiriladi. Bu haqda Prezident joriy yilning 12 oktyabr kuni qabul qilgan “Transport-logistika tizimini rivojlantirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarorda so‘z boradi.
Qarorga ko‘ra, 2026–2030 yillarda transport-logistika tizimini rivojlantirishning asosiy maqsadli ko‘rsatkichlari belgilandi. Jumladan:
- transport-logistika markazlarining yillik quvvati kamida 40 mln tonnaga yetkaziladi;
- transport va logistika xizmatlari eksporti 3,5 mlrd AQSH dollariga, respublika hududi orqali
- tranzit yuk tashish hajmi 18,5 mln tonnaga yetkaziladi;
- respublikadagi barcha talablarga javob beruvchi xalqaro quruqlik portlari soni hozirgi 24 tadan 30 taga yetkaziladi;
- Davlat chegarasi orqali o‘tkazish punktlarining yuk tashish qobiliyati va transport-logistika markazlarida konteynerlarga ishlov berish quvvati ikki barobarga oshiriladi.
Shuningdek, Andijon viloyatining Xonobod shahri, Buxoro viloyatining Olot tumani, Surxondaryo viloyatining Termiz tumani hamda Toshkent viloyatining Yangiyo‘l va Ohangaron tumanlari transport-logistika sohasiga ixtisoslashtiriladi.
2026 yil 1 noyabrdan xalqaro kurerlik jo‘natmalarini bojxona rasmiylashtiruvidan o‘tkazganlik uchun amaldagi bojxona yig‘imi stavkasi 20 foizga pasaytiriladi.
Live
Barchasi