O‘zbekistonda KFC: qanday qilib mini-myuzikl oddiy buyurtmani butun boshli bayramga aylantirdi
Biznes
−
31 Oktabr
5593Yaqinda O‘zbekistondagi KFC yangi imij rolik chiqardi, u allaqachon shov-shuvlarga sabab bo‘ldi va o‘zining g‘ayrioddiy uslubiyati bilan yodda qoldi. Ushbu rolik – shunchaki reklama emas, balki odamlarning KFC’ga bo‘lgan mehri va ularning restorandagi esda qoladigan lahzalari haqida hikoya qiluvchi haqiqiy mini-myuzikl. Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda KFC bu – 1800 nafar o‘zbekistonlik mutaxassis, 26 ta restoran, Toshkent, Andijon, Qo‘qon, Samarqand va Farg‘onada 6 yillik tajriba degani.
Ushbu loyiha qanday yaratilgan va uning esda qolarli bo‘lishiga sabab nima? Keling, sahna ortiga nazar tashlab, tafsilotlarni bilib olamiz.
Yaratish jarayoni: g‘oyadan yakuniy natijaga qadar 9 oy
Ushbu rolikni yaratish jamoa uchun haqiqiy sarguzashtga aylandi, chunki konsepsiyadan yakuniy post-prodakshnga qadar naq 9 oy o‘tdi.
G‘oya oddiy maqsaddan boshlandi – KFC AVTO (KFC DRIVE nomi bilan ham taniqli) orqali qulaylik va xizmat ko‘rsatish tezligini ko‘rsatish. Buyurtma rasmiylashtirishning soddaligi va uni keyingi darchada darhol berish konsepsiyasi asosiy jihatlardan biriga aylandi. Ammo rolik ustida ishlash davomida ushbu g‘oya o‘sib, o‘zgarib bordi. Natijada, bu shunchaki reklama emas, balki turli kasb, yosh va qiziqishga ega odamlarni bir joyda – KFC AVTO‘da birlashtirgan butun bir tarixga aylandi.
Syujet: KFC mehmonlarining xilma-xilligida yakdillik
Dastlabki KFC AVTO va uning afzalliklarini ko‘rsatish g‘oyasi xilma-xillik va yakdillik haqidagi syujetga o‘zgardi. Videoda KFC turli xil odamlar — turli kasb, yosh va qiziqish vakillarini jalb qilishi ko‘rsatilgan. Biz yosh talabalar, keksalar, sportchilar, biznesmenlar va hatto san’atkorlarni ko‘ramiz – ularning barchasini bir narsa birlashtiradi: mazali KFC tovug‘ini sevib iste’mol qilish.
Suratga olish jarayoni: tungi navbatchilik, katta jamoa va kichik detallarga e’tibor
Suratga olish ishlari uch smenada olib borildi, ularning har biri butun tun davom etgan. Jarayonda 60 dan ortiq texnik xodim va 120 ga yaqin aktyor ishtirok etdi, bu haqiqiy kino ishlab chiqarish jarayoni edi. Maydonchada yuksak mahorat va maqsadli faoliyat hukm surdi, jamoaning har bir a’zosi o‘z rolini bilardi.
Hatto eng oddiy sahnalar ham kamida 3 soat suratga olindi, yakkaxon ijrochilar ishtirokidagi sahnalar esa ko‘proq vaqt va tayyorgarlikni talab qilardi.
Bu mukammal natijaga erishish imkonini berdi, unda har bir lahza kerakli kayfiyat va his-tuyg‘ularni aks ettira oladi.
Suratga olish maydonchasidagi yulduzlar: blogerlar, aktyorlar va professionallar jamoasi
Suratga olishda bayramona muhit va yengillik kayfiyatini yaratish uchun taniqli blogerlar, aktyorlar va boshqa ommaviy axborot vositalari xodimlari ishtirok etishdi. Ular orasida o‘zbek media makonining yorqin vakillari bo‘lib, ular o‘z tajribasini boshqalar bilan bajonidil o‘rtoqlashdi va suratga olish jarayoniga jalb etildi. Ularning ishtiroki rolikka quvnoq kayfiyat baxsh etadi va uni mahalliy auditoriyaga yanada yaqinroq qiladi.
G‘oya muallifi va suratga olish jarayoni rahbari Habibullo Nabiyev va “KhabiMedia” professionallar jamoasi bo‘lib, ular o‘zlarini sanoatda benuqson uslubga ega mutaxassislar sifatida ko‘rsata olgan. Habibullo Nabiyev boshchiligida rolik har bir kadri boshdan-oyoq ishlab chiqilgan haqiqiy mini-myuziklga aylandi.
– Musiqa va matn: Shokir Shukurboyev va Habibullo Nabiyev.
– Aranjirovka: Jasur Badalboyev.
– Xoreografiya: Sergey Zlotnikov.
Qiziqarli faktlardan – bu O‘zbekistonda kamerada: ARRI ALEXA 35 kamerasida suratga olingan birinchi reklama roligi hisoblanadi.
Xulosa: Mahalliy auditoriya uchun muvaffaqiyatli adaptatsiya.
O‘zbekiston bozori uchun KFC imij roligi global brend o‘z qadriyatlariga sodiq qolgan holda mintaqaning o‘ziga xosligi va madaniyatiga moslasha olishiga yorqin misol bo‘la oladi. U KFC shunchaki taom emas, balki odamlar o‘z quvonchi va kayfiyatini ulashish uchun uchrashadigan joy ekanini so‘zlab beradi.
Loyiha, hatto KFC AVTO orqali xarid qilish kabi odatiy narsalar ham unutilmas lahzalarning bir qismiga aylanishi va birlik hissini yaratishi mumkinligini ko‘rsatadi. Ushbu mini-myuzikl KFC o‘z mehmonlariga g‘amxo‘rlik qilishini va eng muhim va kundalik lahzalarda ularning hayotining bir qismi bo‘lishni xohlashini ko‘rsatadi.
Reklama huquqi asosida
LiveBarchasi