O‘zbekistonda ketma-ket uch kun koronavirusga chalinish bo‘yicha antirekord yangilandi
Jamiyat
−
21 yanvar 2022
20168Kecha, 20 yanvar kuni O‘zbekistonda 1321 kishida koronavirus infeksiyasi qayd etildi. Ayni paytda mamlakatda jami kasallanganlar 210899 nafarni tashkil etmoqda.
Yangi kasallanish holatlarining:
41 nafari Qoraqalpog‘iston Respublikasida,
34 nafari Andijon viloyatida,
51 nafari Buxoro viloyatida,
53 nafari Jizzax viloyatida,
34 nafari Qashqadaryo viloyatida,
18 nafari Navoiy viloyatida,
60 nafari Namangan viloyatida,
41 nafari Samarqand viloyatida
22 nafari Sirdaryo viloyatida,
50 nafari Surxondaryo viloyatida,
173 nafari Farg‘ona viloyatida,
62 nafari Xorazm viloyatida,
158 nafari Toshkent viloyatida,
524 nafari Toshkent shahrida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.
Kecha kun davomida:
Qoraqalpog‘iston Respublikasida 21 nafar,
Andijon viloyatida 19 nafar,
Buxoro viloyatida 53 nafar,
Jizzax viloyatida 17 nafar,
Qashqadaryo viloyatida 11 nafar,
Navoiy viloyatida 4 nafar,
Namangan viloyatida 13 nafar,
Samarqand viloyatida 28 nafar,
Sirdaryo viloyatida 10 nafar,
Surxondaryo viloyatida 20 nafar,
Farg‘ona viloyatida 25 nafar,
Xorazm viloyatida 12 nafar,
Toshkent viloyatida 109 nafar,
Toshkent shahrida 124 nafar bemor tuzalib, kasallikdan sog‘ayganlar jami 201712 (+466) nafarga yetdi va sog‘ayish ko‘rsatkichi 96 foizni tashkil etmoqda.
Shuningdek, 3 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etib, kasallikdan vafot etganlar soni 1532 nafarni tashkil qildi.
LiveBarchasi