O‘zbekistonda kavrak o‘simligi eksporti yo‘lga qo‘yiladi

Bu qiziq

image

Endilikda O‘zbekiston kavrak o‘simligini xorij davlatlariga eksport qilishni yo‘lga qo‘yadi. Bu bugun, 24 yanvar kuni bo‘lib o‘tgan Oliy Majlis Qonunchilik palatasi majlisida tasdiqlangan “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga qishloq xo‘jaligini davlat tomonidan tartibga solish tizimini takomillashtirishga qaratilgan o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qonun loyihasida ko‘zda tutilgan.

Qonun loyihasida yovvoyi holda o‘suvchi kavrak o‘simligini saqlab qolish va muhofaza qilishga alohida urg‘u qaratilgan. Shu maqsadda O‘zbekiston Respublikasi Ipakchilik va jun sanoatini rivojlantirish qo‘mitasiga kavrakni yig‘ish, g‘amlash va chetga olib chiqish uchun ruxsatnoma berish vakolati berilmoqda.

Shuningdek, loyiha orqali respublikaning yaylov yer maydonlarida tabiiy holda o‘suvchi kavrak zaxiralaridan barqaror foydalanish, kavrak plantatsiyalarini tashkil etish, xomashyosini yig‘ish va uni eksport qilish uchun qulay sharoitlar yaratish belgilanmoqda.

Ma’lumot o‘rnida, kavrak ziradoshlar oilasiga kiruvchi dorivor o‘simlik bo‘lib, xalq tabobatida keng foydalaniladi. U asosan qumli cho‘llar, adirlar, tog‘lar va tog‘oldi yalangliklarda, soz tuproqli yerlarda o‘sadi. Tabiatda keng tarqalgan kavrak turidan yelim-smola olinadi.

Ozoda Choriyeva


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing